Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik bolani o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
Sankt-Peterburg sudi o‘zbekistonlik bolani o‘ldirgan shaxsni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasining hududiy bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tergov va sud aniqlashicha, 2018 yil 26 yanvar kuni erkak Vitebskiy ko‘chasidagi uylardan birining oldida, 2006 yilda tug‘ilgan bolani o‘ldirish niyatida, uning ota-onasiga nisbatan shaxsiy dushmanlik asosida qasddan harakat qilgan. U bolaga noma'lum buyumlar bilan kamida 20 marta zarba bergan, qo‘llari bilan bo‘g‘gan, natijada u voqea joyida vafot etgan. Shundan so‘ng sudlanuvchi bolaning jasadini yashirib, uning ustiga qurilish chiqindisi va avtomobil pokrishkalarini tashlab qo‘ygan.
Sud hukmi bilan jinoyatchi qattiq rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Avvalroq, O‘zbekiston fuqarosi 11 yashar o‘g‘li yo‘qolib qolgani haqida politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan. Otaning so‘zlariga ko‘ra, bola 26 yanvar kuni kvartiradan chiqib ketgan.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026