O‘zbekiston | 20:38 / 21.02.2019
9002
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qilmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft-gaz va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish vaqtida «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi. 

«Energetika va Moliya vazirliklariga «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi bo‘yicha 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalashtirish shartlarini belgilash, «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish» loyihasi bo‘yicha «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qilish vazifasi yuklatildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida

Qayd etish kerakki, shu yilning yanvarida «O‘zbekneftgaz» va «Gazprombank» vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan, O‘zbekiston tomoni ushbu kompaniyani ilk yevrobondlarni chiqarishda global muvofiqlashtiruvchilardan biri sifatida tanlagandi.

Fevral oyida esa O‘zbekiston Respublikasi tomonidan JP Morgan – global koordinator hamda qo‘shma bukranner, Citi va Gazprombank – qo‘shma lid-menejyer va bukrannerlar etib tayinlangani ma'lum bo‘ldi.

«Gazprombank» hozircha bu ma'lumot yuzasidan izoh bermadi.

Mavzuga oid