«Özbekneftgaz» AJda «Gazprombank» vakillari bilan uçraşuv ötkazildi, deb xabar bermoqda «Özbekneftgaz» matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, uçraşuv kredit va moliyaviy, sarmoyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş maqsadida taşkil etildi. Yiğilişda «Özbekneftgaz» AJ korxonalari va taşkilotlari rahbarlari, şuningdek «Gazprombank» boşqaruvi raisining örinbosarlari A.A. Matveyev va A.P. Belous iştirok etdi.

Uçraşuvda «Gazprombank» «Özbekneftgaz» AJning yetakçi hamkorlaridan biri ekanligi ta'kidlandi. Bugungi kunda tomonlar nafaqat Özbekiston neft-gaz sanoatida, balki boşqa sohalarda amalga oşirilayotgan qator sarmoyaviy loyihalarni moliyalaştirişni ham örganiş va taşkil etiş bilan birga hamkorlik qilmoqda. 

Xususan, «Gazprombank»ni «Özbekneftgaz» AJning xalqaro kapital bozorlarida ilk bora yevrobondlarni çiqarişda masalalari böyiça ikkita global muvofiqlaştiruvçilardan biri sifatida belgilaş böyiça mandat kelişuvi imzolandi, deyiladi xabarda. 

Bildirilişiça, «Gazprombank» vakillari bilan uçraşuv «Şörtan gaz-kimyo majmuasi»ning işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş «2017-2021 yillarda uglevodorod qazib olişni oşiriş» dasturi va boşqa mavzulardagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş imkonini bergan.