Özbekiston Respublikasining ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini çiqariş va muvaffaqiyatli joylaştirişni ta'minlaş maqsadida, 2019 yilning 7-14 fevral kunlari AQŞning Nyu-York hamda Boston, Buyuk Britaniyaning London şaharlarida «roud-şou» (investorlar bilan uçraşuvlar) bölib ötadi.

Uçraşuvlardan söng, jahon moliya bozorlaridagi şaroitlardan kelib çiqqan holda, mamlakatning ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini 5 va/yoki 10 yil muddat bilan çiqarilişi rejalaştirilmoqda.

«Roud-şou» davomida Özbekiston Respublikasining delegatsiyasi yirik investorlar bilan muzokaralar olib borişi kutilmoqda. Bunday uçraşuvlar natijasida, respublikaning ilk bor jahon moliya bozorlariga ilk qadami qöyiladi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi tomonidan JP Morgan – global koordinator hamda qöşma bukranner, Citi va Gazprombank – qöşma lid-menejyer va bukrannerlar etib tayinlangan.