Buxoro aeroportini ochiq osmon formatiga o‘tkazish taklif qilindi
Buxoro shahrida Ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi Xalqaro forumi o‘z ishini boshlagani haqida xabar berilgan edi. Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Savollarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov, uning o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev javob berishdi.
Matbuot anjumani davomida savollar bilan bir qatorda qiziqarli takliflar ham berildi. Takliflardan biri Buxoro aeroportini ochiq osmon formatiga o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Malayziya vakilining so‘zlariga ko‘ra, dastlab Toshkentga qo‘nib, keyin Buxoro yoki boshqa shaharlarga borish sayyohlar uchun o‘ziga yarasha noqulaylik tug‘diradi.
Ta'kidlash joizki, Ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forumda Xalqaro Ziyorat turizmi forumida shuningdek Turkiya din ishlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Osman Tiraschi, Dehli bosh masjidi imomi Said Buxoriy, Rossiya muftiylar kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Rushan Abbasov, Indoneziyadagi O‘zbekiston sayyohlik brendi elchisi Eko Shri Margianti, Misr Vakillar palatasining Ijtimoiy birdamlik, oila va nogironlar qo‘mita raisi Abdulhadiy Al-Kasabiy kabi qator xorijiy mutaxassislar ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
21:49 / 04.11.2024