22 fevral kuni Buxoro şahridagi Yoşlar markazida Ziyorat turizmi böyiça birinçi xalqaro forumning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi, tadbirni Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov oçib berdi.
Boş vazir örinbosari yiğilganlarga Özbekistonda turizmni rivojlantiriş yölida olib borilayotgan işlar haqida ma'lumot berib, quyidagilarni ma'lum qildi:
"45 ta mamlakatga vizasiz rejim joriy qilindi, fuqarolari Özbekistonga vizasiz kirişi mumkin bölgan mamlakatlar soni 64 taga yetdi; 76 ta mamlakat fuqarolari elektron kiriş vizasini oliş imkoniyatiga ega böldilar. 2018 yilda 50 dan ortiq mamlakat fuqarolari uçun qariyb 22 mingta elektron kiriş vizalari rasmiylaştirildi; Özbekiston hududidan tranzit bilan ötayotgan 101 davlat fuqarolariga Özbekistonga vizasiz kiriş tartibi joriy etildi", - dedi u.

Foto: Kamil Yenikeyev
Şuningdek, Aziz Abduhakimov Özbekistonga taşrif buyuruvçi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uçun qöşimça kiriş vizalari toifalari («Vatandosh», «Academic visa», «Medical visa», «Student visa») joriy etilgani töğrisida ma'lumot berdi. Forum mavzusi va mehmonlarimizga bevosita aloqador bölgan yangi viza turi - «Pilgrim visa» aynan ziyorat turizmini rivojlantiriş maqsadida joriy etilganini alohida qayd etdi.
Bundan taşqari, Boş vazir örinbosari «Buyuk ipak yöli» mamlakatlari böylab sayohat qiluvçi sayyohlarga qulaylik yaratiş, bir taşrif doirasida Markaziy Osiyodagi bir neçta mamlakatlarda böliş imkoniyatini beruvçi «Silk visa» tizimini ham joriy qiliş masalasi közda tutilayotganini ta'kidladi.

















