O‘zbekiston | 19:23 / 22.02.2019
10540
1 daqiqa o‘qiladi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Facebook /sardor.kariev

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi direktor tayinlandi.

Hukumat qarori bilan Sardor Xikmatovich Kariyev ushbu agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Nazvaniye

U bu lavozimda 2018 yilning 12 fevralidan buyon ishlab kelayotgan Aziz Rustamovich Abdullayev o‘rnida ish boshladi.

Sardor Kariyev Vestminster universitetini «biznes boshqaruvi» yo‘nalishida, O‘zbekiston Milliy universitetini «biznes huquq» yo‘nalishida tamomlagan. U 2005 yildan buyon tibbiy preparatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Jurabek Laboratories qo‘shma korxonasini boshqarib kelayotgandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi 2017 yilning noyabrida tashkil etilgandi.

Mavzuga oid