“Dok-1 Maks” işi böyiça apellyatsiya sudining navbatdagi sud majlisi ötkazildi. Unda sudlanuvçining advokatlari tinglandi.

Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva agar öğliga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo qöllansa “Dok-1 Maks” jabrlanuvçilariga sud tomonidan belgilangan 75 mlrd sömdan ortiq miqdoridagi ma’naviy zararni tölab beriş taklifi bilan çiqqandi. Sud majlisida Kariyevaning işonçli vakili bu pullar qay tartibda va qança muddatda tölab berilmoqçi ekanligi böyiça tuşuntiriş berdi.

Advokatga köra, dastlabki tölov sifatida 7,5 mlrd söm tölovni birdaniga amalga oşiriladi. Söng 36 oy davomida dastlabki oylarda 1,8 mlrd sömdan, oxirgi oylarda esa 3 mlrd 780 mln sömdan tölaş rejalaştirilgan. Şunda har bir jabrlanuvçiga birinçi oyda 100 mln sömdan, 2-35 oylar böyiça har oyda 25 mln sömdan hamda oxirgi oyda 50 mln sömdan töğri keladi. Faqat bu uçun Kariyeva öğliga tayinlangan 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi özgartirilib, unga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanişi lozimligini iltimos qilgan.

Şuningdek, Sardor Kariyevning advokati sudga iltimosnoma kiritdi. Unda Özbekistonga Hindiston dorilari importini vaqtinça çeklaş orqali muammoga Hindiston hukumati, JSST va boşqa xalqaro taşkilotlar e’tiborini qaratiş haqida gap boradi.

Iltimosnomada keltirilişiça, OAVda Marion Biotech kompaniyasi mansabdor şaxslariga Hindistonda qözğatilgan jinoyat işi böyiça tarqalgan ma’lumotlarga aniqlik kiritiş maqsadida 2023 yil mart oyida tergov organi Taşqi işlar vazirligi orqali tegişli sörovnoma yuborgan. 2024 yil mart oyida advokatlarga berilgan javobda Hindiston tarafdan sörovnomaga heç qanday javob berilmaganligi ma’lum qilingan.

“Dok 1 maks” va “Ambronol” siroplarini işlab çiqargan Marion Biotech mansabdor şaxslarining harakatlariga töğri xuquqiy baho beriş, uşbu fojia sabablarini va haqiqiy aybdorlarni birgalikda aniqlaş, jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni bartaraf etiş, hamda kelajakda bunday holatlarning oldini oliş uçun zarur bölgan tizimli yeçimlarni birgalikda işlab çiqiş örniga, Hindistonning tegişli vakolatli organlari tomonidan sukut saqlab kelayotganligi açinarli holat.

Bunday vaziyatda, diplomatik kanallarning kuçi yetmasa, Hindistonning barça dori işlab çiqaruvçilariga nisbatan Özbekistonga importni vaqtinça töxtatiş kabi çeklovlarni qöllaş haqidagi taklifni Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga olib çiqib, şu orqali mazkur muammoga Hindiston hukumati, Jahon Soğliqni Saqlaş Taşkiloti va boşqa xalqaro taşkilotlar e’tiborini qaratiş zarur”, deyiladi iltimosnomada.

Avvalroq “Dok-1 Maks”ni işlab çiqargan kompaniya rahbarlari hamon ozodlikda qolayotgani xabar qilingandi. Özbekistonda kamida 68 bolaning ölimiga olib kelgan “Dok-1 Maks” siropining işlab çiqaruvçisi – Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi ta’sisçilari va direktorlari – Saçin Jain va uning xotini Jaya Jain Özbekiston tomonidan Interpol qidiruviga berilgan bölsa-da, BAA poytaxti Abu-Dabida qölga olinib, köp ötmay qöyib yuborilgan.