Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba loyihasi ishga tushiriladi
Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) tajriba loyihasi ishga tushiriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram kanali.
Mazkur loyiha doirasida mahsulotlarni sotilgan vaqti va joyini ko‘rsatgan holda ma'lumotlarni soliq organlariga onlayn uzatishni ta'minlovchi nazorat-kassa mashinalari orqali tushumlarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash rejalashtirilmoqda.
Mazkur tajribada savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar fiskal modulni (ulangan qurilmaning hisoblash quvvatini ishlatmagan holda fiskal ma'lumotlarni kriptografik himoyasini ta'minlovchi qurilma) ro‘yxatdan o‘tkazganidan so‘ng ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.
Fiskal modul zarur dasturiy ta'minot va texnik resurslar bilan beg‘araz beriladi hamda tadbirkorlarning shaxsiy ma'lumotlari himoyalanadi.
Fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tadbirkorlar davlat soliq organlariga shaxsiy kabinetlari orqali murojaat etadi.
Soliq organlari bir ish kunida fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tganligi haqida xabarnomani yuboradi.
Tadbirkor besh ish kunida fiskal modulni bepul olib ketadi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026