Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL o‘yinlarida O‘zbekistonga sayohat qilishga undovchi reklama namoyish qilinmoqda
Angliya Premer-ligasining 27-turidagi «Bernli»–«Tottenhem» uchrashuvi vaqtida maydon chetidagi elektron shitlar orqali O‘zbekistonga sayohat qilishga undovchi reklama e'loni namoyish qilindi.

Reklama matnida «Life is too short not to visit Uzbekistan» deyilgan bo‘lib, jumla «Hayot juda qisqa, O‘zbekistonga kelishga ulgurib qoling» ma'nosini anglatadi. E'londa, shuningdek, 64 davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizasi talab etilmasligi targ‘ib qilindi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan Kun.uz’ga ma'lum qilishlaricha, qo‘mita vakillari APLning ikkita o‘yinida LED-ekranlarda O‘zbekiston haqida reklama namoyish qilish uchun «Lagardere sport» kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazishgan. Natijada 23 fevral kungi «Bernli»-«Tottenhem» (2:1) va «Lester»-«Kristal Pelas» o‘yinlari vaqtidagi reklama kampaniyasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Lester shahridagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 fevralidan boshlab jami 64ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim amalga kirdi. Prezidentning 5 yanvardagi «O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz kirish tartibi joriy etilgan mamlakatlar soni 19tadan 64taga yetdi.
Shu bilan birga, 1 fevraldan fuqarolari elektron kirish vizalarini olish huquqiga ega mamlakatlar ro‘yxatiga 76 davlat qo‘shildi. O‘zbekistonda, shuningdek, 51ta mamlakat fuqarolari uchun sayyohlik vizalarini olishning soddalashtirilgan tartibi amal qila boshlagan. 15 martdan e'tiboran esa amal qilish muddati 30 kun bo‘lgan ikki martalik va ko‘p martalik elektron kirish vizalari joriy etiladi.
Mavzuga oid
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026