Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakili tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga «Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti eksperti Saidno‘'mon Mansurov rahbar etib tayinlandi.
«Buyuk Kelajak» XNNT axborot xizmati tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Mansurov Fransiya, Yaponiya, Litvada tajriba orttirgan, Uzoq Sharq federal universitetida MMATENG va NETCENG loyihalari boshqaruvchisi sifatida faoliyat olib borgan.
U mehnat faoliyati davomida NATOning Markaziy Osiyodagi vakili yordamchisi, O‘zbekiston Milliy demokratik instituti vakilligining rahbari bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Mansurov «O‘zagrosug‘urta» AJning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari ham hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:55 / 05.01.2023
“2022 yilda mehnat migrantlarining 1,2 mln dollar miqdoridagi pullari undirib berildi” - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
12:40 / 17.12.2022
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xalqaro forum uchun 2,2 mlrd so‘m sarfladi
23:56 / 13.12.2022
Xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik migrantlar soni ma’lum qilindi
14:58 / 09.12.2022