Xorijiy mamlakatlar salohiyatli iş beruvçilarini hamkorlikka jalb etiş maqsadida joriy yilning noyabr oyida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan “Mehnat migratsiyasi böyiça xalqaro forum – 2022” taşkil etilgan edi.

20 ga yaqin xalqaro taşkilotlar, 100 ga yaqin xorijiy salohiyati iş beruvçilar, xalqaro ekspertlar va OAV vakillari iştirok etgan mazkur tadbirda mehnat migratsiyasi sohasida Özbekistonda mavjud imkoniyatlar haqida çel ellik iştirokçilar xabardor qilinib, hamkorlik aloqalarini kengaytiriş maqsadida G2B va B2B uçraşuvlar taşkil etilgan.

Forum doirasida xorijda işlaş istagida bölgan Özbekiston fuqarolarini çet davlatlarga işga jalb qiliş böyiça 6 ta davlatning 20 ga yaqin iş beruvçi hamda rekruting agentliklari va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi örtasida kelişuvlar imzolanişga erişildi.

Ayni kunlarda Euronews va Bloomberg telekanallarida uşbu forum haqida videorolik namoyiş etilmoqda.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati Ⓣ