Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda spirtli ichimlikdan zaharlanish qurbonlari 99 nafarga yetdi
Foto: REUTERS
Hindistonning shimolida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida kamida 99 kishi halok bo‘ldi. Yana 100 dan ko‘proq kishi shifoxonaga yotqazilgan.
Qurbonlar orasida Assam shtatidagi choy plantatsiyalarida ishlagan bir necha ayol ham bor.
Ushbu voqea mamlakatning Uttar-Pradesh va Uttarakxand shtatlarida surrogat spirtli ichimlikdan 99 kishi halok bo‘lgandan keyin 2 hafta o‘tmasdan sodir bo‘ldi. O‘shanda odamlar metanoldan zaharlanganliklari taxmin qilingandi. 2011 yilda G‘arbiy Bengaliyada shunday sabablarga ko‘ra 172 halok bo‘lgandi.
Politsiya sifatsiz alkogol ishlab chiqarilgan joyni aniqlagan. Topilgan alkogol tarkibini o‘rganishga jo‘natilgan – jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatilayotgan gospitallardagi shifokorlar odamlar qanday moddadan zaharlanganlarini aniqlay olisholmayapti.
The Guardian nashrining xabar berishicha, Hindistonning qishloq joylarida qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan arzon alkogol keng tarqalgan. Unga ko‘pincha o‘ta xavfli metanol moddasi qo‘shiladi.
Mutaxassislarning baholashicha, Hindistonda har yili 5 mlrd litrga yaqin alkogol ichiladi, bu miqdordan 40 foizi noqonuniy ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
02:10
Hindistonda epidemiyaga aylanishi mumkin bo‘lgan bedavo virus tarqalmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026