Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining ilk ayol elchisi: Rima Bint Bandar AQShga elchi etib tayinlandi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud qirollikning AQShdagi elchixonasiga ilk bor ayol kishini – Rima bint Bandar bin Sulton bin Abdulaziz Ol Saudni tayinladi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi.
Malika Rima AQShning Vashingtondagi elchixonasiga 22 yil – 1983 yildan 2005 yilgacha rahbarlik qilgan shahzoda Bandarning qizi hisoblanadi. U AQShda tarixiy merosni saqlash sohasida ta'lim olgan. 2014 yilda malika Forbes jurnaliga ko‘ra, arab olamidagi eng nufuzli 200 ayol orasiga kiritilgan. U bu tayinlovgacha Bosh sport federatsiyasi rahbari vakili lavozimini egallab kelgan.
Shuningdek, qirol Salmon AQShdagi elchi lavozimidan o‘z o‘g‘li Xolid bin Salmonni ozod qilish va uni mudofaa vaziri o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi farmonni qabul qildi.
Shu tariqa, shahzoda Xolid akasi – valiahd shahzoda va mudofaa vaziri hisoblanuvchi Muhammad bin Salmonning o‘rinbosari etib tayinlandi.
Xolid bin Salmon elchilik qilayotganda 2018 yil oktyabrda Istanbulda jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgandan keyin tanqidlar ostida qolgan. Arab matbuotining yozishicha, aynan uning ko‘rsatmasiga ko‘ra Qoshiqchining hujjatlari AQShda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmay, jurnalist ataylab Istanbuldagi konsullikka jo‘natilgan hamda shu tariqa ushbu qotillikda valiahd shahzodaning qo‘li borligi taxmin qilingan.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026