Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelaga gumanitar yuklar ortilgan mashinalar o‘tkazilmadi
Venesuelaga atalgan gumanitar yuk ortilgan ilk 4 ta mashina Kolumbiya va Venesuela chegarasiga yetib keldi, biroq Venesuela tomonidan ko‘zni yoshlatuvchi gaz bilan “kutib olindi”. Bu haqda VPI TV kanali xabar berdi.
Yuk mashinalarning har tomonidan odamlar osilib olgan bo‘lgan, ular ikki davlatni bog‘lovchi ko‘prikning Kolumbiya tomonidan o‘tgan, biroq keyin Venesuela politsiyasi tomonidan yo‘li to‘silgan.
Kolumbiya prezidenti ma'muriyatining ma'lum qilishicha, chegarada gaz qo‘llanishi oqibatida 285 kishi yaralangan. Bir nechta mashina yoqib yuborilgan, qolgan mashinalarni esa Kolumbiyaga qaytarish buyurilgan. Mashinalar Kukuta shahridagi gumanitar yukni yig‘ish markaziga qaytadi.
Shuningdek, Braziliya tomonidan olib kirilmoqchi bo‘lgan gumanitar yuk ham o‘tkazilmagan. Ta'kidlanishicha, ilk yuk mashina venesuelalik harbiylar to‘siq qo‘ygan joygacha yetib borgan. U mamlakatga o‘tkazilmagach, Braziliya hududiga qaytib ketgan.
Namoyishchilar gumanitar yukni olish uchun chegaraga yo‘l olishgan. Biroq ular va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv chiqqan. Bu yerda ham ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llangan. “Jinoiy forum” nohukumat tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, chegarada 4 kishi o‘ldirilgan, 24 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
10:40
JChda sensatsiyalar kuni. Qatar so‘nggi daqiqalarda gol urdi, Braziliya ochko yo‘qotdi
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026