Sport | 21:33 / 24.02.2019
9001
3 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» g‘alabali seriyani davom ettirdi va boshqa natijalar

Italiya A Seriyada 25-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Musobaqa yetakchisi «Yuventus» bu turda «Bolonya» mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golga Paulo Dibala mualliflik qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Yuventus» turnir jadvalidagi yetakchiligini yanada mustahkamlab oldi (69 ochko) va ikkinchi o‘rindagi «Napoli» bilan farq 16 ochkoga yetdi.

Turinliklar A Seriyaning joriy mavsumida hali biror marta mag‘lub bo‘lishmagan (22 g‘alaba va 3 durang).

Bu turda «Sampdoriya» «Kalyari»ni qabul qildi. Genuyadagi «Luiji Ferraris» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 66-daqiqasida o‘yin bosh hakami Luka Massimi mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni «Sampdoriya» to‘purari Fabio Kvalyarella aniq ijro etdi. 

Bu g‘alabadan keyin «Sampdoriya» ochkolari sonini 36taga yetkazgan va turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilgan. «Kalyari» 24 ochko bilan 14-o‘rinda joylashgan. 

Tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «Kevo» «Jyenoa» bilan (0:0), «Sassuolo» SPAL bilan durang o‘ynadi (1:1).

Italiya A Seriyasi
25-tur
Bolonya – Yuventus 0:1

Gol: Dibala (67).
Bolonya: Skorupski, Larangeyra, Xelander, Mbayye, Deyks, Soriano, Pulgar (Falchinelli, 85), Poli (Donsa, 78), Edera (Orsolini, 52), Sansone, Santander.
Yuventus: Perin, De Shilo, Rugani, Bonuchchi, Joau Kanselu, Bentankur, Matyuidi (Pyanich, 78), Bernardeski (Kellini, 87), Aleks Sandro (Dibala, 59), Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pulgar (6), Bentankur (16), Sansone (74), Joau Kanselu (90).

Sampdoriya – Kalyari 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66, penalti Kualyarella.
Sampdoriya – Audero, Kolli, Murru (Bereshinski, 80), Sala, Andersen, Prat, Saponara, Yankto, Ekdal, Defrel (Ronaldu Viyeyra, 88), Kualyarella.
Kalyari – Krano, Pizakane, Pellegrini, Cheppitelli, Padoin (Farago, 73), Ionitse, Deyola (Srna, 73), Barella, Chigarini, Doratiotto (Verde, 79), Pavoletti.
Ogohlantirishlar: Ekdal (18), Deyola (33), Pellegrini (64).

Sassuolo – SPAL 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 43 Peluzo, 1:1 – 68, penalti Petanya.
Sassuolo – Konsili, Rojyerio, Peluzo, Demiral, Adjapong, Jurichich (Dankan, 62), Manyanelli, Boga, Sensi (Di Franchesko, 86), Ferrari, Matri (Odgor, 75).
SPAL – Gomis, Felipe, Bonifatsi, Chonek, Kurtich, Fares, Missiroli, Valoti (Dikmann, 86), Murdjia, Flokkari (Antenuchchi, 75), Petanya (Paloski, 90).
Ogohlantirishlar: Valoti (26), Peluzo (58), Manyanelli (67), Dankan (89), Rojyerio (90).
Chetlatish: Dankan (90).

Kevo – Jyenoa 0:0 (0:0, 0:0)
Kevo – Sorrentino, Skelotto, Barba, Yaroshinski, Bani, Kiyine (Diusse, 59), Xetemay, Rigoni (Djordjyevich, 75), Medjorini, Stempinski, Leris (Pyazon, 90).
Jyenoa – Radu, Romero, Biraski, Zukanovich, Krishito, Radovanovich, Rolon (Velozu, 65), Lerager (Lazovich, 57), Bessa, Sanabriya (Pandev, 75), Kuame.
Ogohlantirishlar: Lerager (26), Kiyine (36), Xetemay (84), Kuame (84), Biraski (90).

Mavzuga oid