Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 yoshli o‘smir uyidagi laboratoriyada yadro sintezi reaksiyasini o‘tkazdi
Yadro fizikasi ixlosmandlarining Fusor.net forumida AQShning Memfis shahridan bo‘lgan o‘smir Jyekson Osvalt o‘z yutuqlari bilan bo‘lishdi. O‘smir o‘zining uydagi laboratoriyasi uchun 10 ming dollarlik qurilmalar sotib oldi va uy sharoitida yadro sintezi reaksiyasini amalga oshirgan dunyodagi eng yosh fizikka aylandi.

O‘smirning forumda yozishicha, uning avvalgi xabarlarini o‘qiganlar uning bu yutug‘iga ishonishlari dargumon, biroq u oxirgi oylarda haqiqatan hayratlanarli natijalarga erisha olgan. Reaksiyaning uydagi qurilmada muvaffaqiyatli amalga oshirilgani 2018 yil 19, 30 va 31 yanvardagi tajribalarda qayd qilingan. O‘shanda bola 12 yoshda bo‘lgan.
O‘smirning ta'kidlashicha, sintez 40 mikron sof D2 (deyteriy)da amalga oshirilgan, bunda qurilmaga 7 mA da 50 ming volt kuchlanish berilgan.

Jyeksonning aytishicha, u laboratoriyasi uchun barcha zarur detallarni eBay onlayn-maydonchasida xarid qilgan, biroq ba'zi detallarni o‘zi “maromiga yetkazishiga” to‘g‘ri kelgan.
O‘smir o‘z muvaffaqiyatining ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olinishi uchun o‘zi yoki biror bir kim bilan hammualliflikda qurilma va natijalar haqida ilmiy maqola yozishi lozim. Agar bu maqola rasmiy ilmiy jurnalda chop etilsa, unda bu natija rasman qayd qilinadi.
Yadro sintezi yengil atomlarning og‘irroq yadrolarga birlashishi bo‘lib, u juda yuqori harorat ostida o‘tadi va bunda katta miqdorda energiya ajraladi. Yadro sintezi atomlarning parchalanishiga teskari reaksiyadir.
Mavzuga oid
22:23 / 11.12.2025
“Bolangizni kimdir boshqaryapti” - toshkentlik o‘smir PUBG'dagi suhbatlardan keyin yo‘qolib qoldi
13:59 / 21.02.2025
Braziliyada bir vaqtda 4500 ta asalari chaqqan o‘smirning hayoti saqlab qolindi
13:08 / 06.01.2025
Yekaterinburgda terakt ishi bo‘yicha o‘smirlar hibsga olindi
13:31 / 17.04.2024