Tatariston hukumati 14 yoşdan boşlab imkon qadar köproq yoşlar va ösmirlarni işga, jumladan, mudofaa korxonalariga jalb qilmoqçi, deb yozadi 15 aprel, duşanba kuni «Kommersant» gazetasi.

Jurnalistlar yoşlar bandligini ta’minlaş böyiça yangi hududiy dastur asosida şunday xulosaga keldi. Hozir u korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötmoqda, deb yozadi naşr. «Ilgari Respublika Davlat kengaşi Mehnat kodeksiga 16 yoşdan oşgan ösmirlarni zararli va xavfli işlab çiqarişlarda işlaşga ruxsat beruvçi tuzatiş loyihasini tayyorlagan», deb eslatadi «Kommersant».

Yoşlar bandligini ta’minlaşga kömaklaşiş böyiça yangi dastur 14 yoşdan 18 yoşgaça bölgan ösmirlarni iş bilan ta’minlaşni soddalaştiriş hamda «ijtimoiy xavfli vaziyatdagi oilalar»dan bölgan voyaga yetmaganlarni işga joylaştirişga kömaklaşişi rejalaştirilgan. Hujjatning alohida bandlarida «35 yoşgaça bölgan yoşlarni qişloq xöjaligida va harbiy-sanoat kompleksi korxonalarida iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş» haqida söz boradi, deb ta’kidlaydi «Kommersant». Şuningdek, Tataristonda «Uzoq Şarq va Arktikaning ustuvor hududlariga yoşlarning mehnat harakatçanligini rağbatlantiriş böyiça axborot kampaniyasi» ötkaziladi.

Tataristonda kollej öquvçilarining dronlarni yiğişi

2023 yil iyul oyida «Protokol» naşri va «RZVRT» YouTube-kanali qöşma suriştiruvni e’lon qildi, unda Tataristondagi «Alabuga» maxsus iqtisodiy zonasida «Alabuga Politex» kollejining voyaga yetmagan öquvçilari Shahed dronlarini yiğişga, şu jumladan, işlaşdan boş tortganlik uçun jarimalar va öqişdan çetlatiş bilan tahdid qiliş orqali jalb qilingani aytiladi. Avvalo, manbalarga köra, gap maktabning 9-sinfidan keyin kollejga öqişga kirgan 15 yoşdan 17 yoşgaça bölgan ösmirlar haqida ketmoqda.