Braziliyada 14 yoşli maktab öquvçisini bir vaqtning özida 4,5 mingta asalari çaqdi, ammo şifokorlar ösmirning hayotini saqlab qolişga muvaffaq böldi. Bu haqda Metropoles xabar bermoqda.
Voqea Vitor Ugo Ferreyra Duarte ta’lim olayotgan maktab yaqinida yuz bergan. U öşa yerda koptok öynayotganida tasodifan asalari uyasiga zarar yetkazgan, natijada haşarotlar ösmirga hujum qilgan. Mahalliy aholi arilarni olov yordamida haydaşga urindi, biroq tutun va issiqlik ularni yanada “ğazablantirdi”.
Şifokor voqea joyiga yetib kelganida ösmir butunlay haşarotlar bilan qoplangan edi. Natijada Vitor intensiv terapiya bölimiga olib borildi: unga tinçlantiruvçi dorilar yuborildi va nafas yöliga nayça ulandi.
Bolaning yaqinlari aytişiça, u hozir mustaqil nafas olişni boşlagan, ammo unga hanuz sun’iy nafas oldiriş apparati kerak bölişi mumkin. Organizmiga juda köp miqdorda asalari zahri kirgani sababli öquvçining buyraklari ham jiddiy zararlangan. Şunday bölsa-da, umuman olganda, Vitorning ahvoli yaxşilanmoqda.
Avvalroq Britaniyada Endryu Pauell ismli 57 yoşli erkak arilar tödasi hujumidan ölişiga bir baxya qolgandi. Arilar uni 240 marotaba çaqqan.











