Yekaterinburgning Lenin rayon sudi 5 yanvar, yakşanba kuni şaharda terakt tayyorlaşda ayblangan uç ösmirni 21 fevralgaça hibsda qoldiriş töğrisida qaror çiqardi. Hibsga olinganlardan biri 16 yoşda, qolgan ikki nafari 17 yoşda, deb yozadi «Interfaks».
Qayd etilişiça, ikki nafar voyaga yetmagan ösmir «bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan terrorçilik harakati»da ayblanmoqda. Rossiya Tergov qömitasi (TQ) ma’lumotlariga köra, ösmirlar 2024 yil 22 dekabrga ötar keçasi politsiya maşinasini yoqib yuborişgan.
Avtotransport vositasiga öt qöyiş işi böyiça ayblanuvçilardan biri, şuningdek, uçinçi ösmir Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining «terroristik harakatga tayyorgarlik köriş» va «portlovçi moddalarni noqonuniy işlab çiqariş va olib yuriş» moddalari böyiça ayblangan. Tergovning fikriça, ösmirlar qölbola portlovçi moslama va elektr detonator yasaşgan, ayblanuvçilardan biri Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari tomonidan qölga olinmagunça uni ryukzakda olib yurgan.
Ikkala iş ham bir iş yurituvi doirasida körib çiqilmoqda.
Leningrad oblastida maktab öquvçilari «natsizm reabilitatsiyasida» gumonlanmoqda
Leningrad oblastida, politsiya ma’lumotlariga köra, 29 dekabr kuni Kingiseppdagi Abadiy olovni qor bilan öçirib qöygan 4-5-sinflarning uç nafar maktab öquvçisi qölga olindi, deb xabar berdi 1 yanvar kuni "Fontanka" naşri. Unga köra, maktab öquvçilari mahalliy ma’muriyat rahbari örinbosari memorial boğdagi öçirilgan olov yuzasidan politsiyaga şikoyat qilganidan keyin qölga olingan. Yodgorlik 1919 yilda fuqarolar uruşi paytida otib taşlangan qizil armiya askarlariga bağişlangan. Bundan taşqari, parkda Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan askarlar va ofitserlar, şuningdek, konslager mahkumlariga yodgorliklar mavjud.
Tergov qömitasining Kingisepp rayoni böyiça boşqarmasi «bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, natsizmni reabilitatsiya qiliş» böyiça jinoiy iş qözğatdi, bu beş yilgaça qamoq yoki 5 million rublgaça jarima bilan jazolanadi.
Qölga olingan ösmirlarning ikki nafari 10 yoşda, uçinçisi 11 yoşda. Rossiyada jinoiy javobgarlik 16 yoşdan boşlanadi, şuning uçun maktab öquvçilari jinoiy iş figuranti bölolmaydi. "Fontanka" xabariga köra, ular politsiya bölimida söroq qilinganidan keyin ota-onalariga topşirilgan. Yaqin kunlarda ular voyaga yetmaganlar işlari böyiça inspektor bilan uçraşuv ötkazişadi.












