General Electric biofarmatsevtika sohasidagi biznesini 21 mlrd dollarga sotmoqda
AQShning General Electric kompaniyasi biofarmatsevtika sohasidagi biznesi BioPharma’ni 21,4 mlrd dollarga sotish haqida Danaher kompaniyasi bilan bitim tuzdi.
Bu summadan 21 mlrd dollari naqd to‘lab beriladi. Shuningdek, Danaher kompaniyasi GE’ning ba'zi pensiya majburiyatlarini qabul qiladi.
Bitimni 2019 yilning 4-choragida tegishli idoralar ruxsatidan keyin yopish rejalashtirilgan. Ta'kidlanishicha, BioPharma’ning 2018 yildagi tushumi 3 mlrd dollarni tashkil qilgan. Danaher’da esa yillik tushum 3,2 mlrd dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.
Bitim e'lon qilingach, GE aksiyalari 15 foizga oshib ketgan, keyinroq esa 9,5 foizga tushgan.
General Electric ko‘plab texnika turlari, jumladan, lokomotivlar, atom reaktorlari, gaz turbinalari, aviatsion dvigatellar va tibbiy qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Danaher esa sog‘liqni saqlash va atrof-muhit sohasida faloiyat yurituvchi 20 ta kompaniyani o‘z ichiga oladi. Korporatsiya, shuningdek, tibbiy qurilmalar ishlab chiqaradi.
Mavzuga oid
23:19 / 27.09.2023
O‘zbekiston Amerikaning General Electric kompaniyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi
13:34 / 20.06.2023
General Electric Rossiyada gaz turbinalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
09:44 / 24.10.2022
O‘zbekiston va General Electric IESlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
19:13 / 04.05.2020