Amerikaning General Electric (GE) kompaniyasi 19 iyun kuni Rossiyada gaz turbinalariga texnik xizmat körsatişni töxtatdi, deb xabar berdi 20 iyun, seşanba kuni «Kommersant» gazetasi işlab çiqaruvçi kompaniyalardagi manbalarga tayanib. Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, GE Rossiya issiqlik elektr stansiyalarida turbinalar işini kuzatiş tizimiga kirişni yopgan. Buning ortidan Rossiyaga ehtiyot qismlar yetkazib beriş töxtatilişi taxmin qilinmoqda. 

Kompaniya Rossiyadagi faoliyatini 2022 yilning mart oyidayoq töxtatib qöydi, faqat zarur tibbiy asbob-uskunalar yetkazib beriş va mintaqadagi mavjud energiya xizmatlarini qöllab-quvvatlaş amalga oşirilayotgandi. 

18 iyundan boşlab AQŞning kengaytirilgan sanksiyalari kuçga kirdi, unga köra Amerika kompaniyalari Rossiyada muhandislik xizmatlarini körsata olmaydi. GE şu sababli kompaniya Rossiya Federatsiyasida bunday xizmatlarni taqdim etişi mumkin emasligi haqida ogohlantirgan. 

Oliy Iqtisodiyot maktabi («VŞE») ma’lumotlariga köra, Rossiya energetika sohasida import qilinadigan uskunalarga juda boğliq, eng keskin vaziyat gaz turbinalari bilan boğliq. «VŞE» mutaxassislari Sanoat va savdo vazirligining 2014 yilda uşbu segmentdagi import uluşi (80-100 foiz) haqidagi ma’lumotlariga murojaat qilib, öşandan beri «vaziyat jiddiy özgarmagan» deb ta’kidladi. 

Vazirlikning özi bu ma’lumotlarga izoh bermadi, lekin Rossiyada işlab çiqaruvçilar turbinalar uçun zarur vakolatlarga ega ekanini va eng ekstremal holatda Osiyo mamlakatlari mahsulotlari körib çiqilişini ta’kidladi.

2019-2020 yillar holatiga köra, gaz turbinalari va ular uçun butlovçi qismlar sohasida Rossiyaga importning 75 foizdan ortiği Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalar rejimiga qöşilgan mamlakatlardan kelgan. Misol uçun, Qöşma Ştatlar hissasiga 2020 yilda jami kiçik gaz turbinalari importining 22 foizi (5 MVtdan kam) va 5 MVtdan ortiq turbinalar jönatmasining 41 foizi töğri keldi.