O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilish taklif qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Yoshlar - kelajagimizdir! Bugun mazkur tamoyil asosida ularga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Mana shunday sharoitda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilishni maqsadga muvofiq deb o‘ylayman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Uning qayd etishicha, buning uchun o‘quvchilik guvohnomalarini ham joriy etish kerak bo‘ladi.
“Maktab rahbariyati tomonidan berilgan guvohnoma asosida maktab o‘quvchilarini jamoat transporti uchun to‘lovlar to‘lashdan ozod qilishni taklif qilaman”, - deyiladi murojaatda.
Bildirilishicha, mazkur huquqdan o‘quvchilik guvohnomasini ko‘rsatgan maktab o‘quvchilari foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Formula-1» musobaqalarini o‘tkazish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
17:21 / 09.09.2024
“10 kunda 300 ming so‘mni 1 mln qilib qaytarasan” – Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi
09:20 / 09.09.2024
Suv havzalarida motorli transport vositalari harakatiga ruxsat beriladi
10:03 / 02.09.2024