Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Formula-1» musobaqalarini o‘tkazish taklif etildi
Foto: GEPA-PICTURES.COM
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda “Formula-1” va “Formula-E” avtomobil musobaqalarini o‘tkazish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Bildirilishicha, bugungi kunda yurtimizda sportning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Formula-1” va “Formula-E” avtomobil musobaqalariga qiziquvchilarning xam soni ortmoqda.
“Ushbu avto musobaqalar tashkil etiladigan trassalar barpo etiladigan bo‘lsa, xorijiy sayyohlarning yanada ortishiga va Vatanimizning nomi yanada tanilishiga xizmat qiladi”, - deyiladi petitsiyada.
“Formula-1” va “Formula-E” avtomobil musobaqalari o‘tkaziladigan maxsus trassalarni barpo etib, musobaqalar o‘tkazishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi telekanal tashkil etish taklif qilingandi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025