Mamlakat elçixonasi ma’lumotiga köra, hujjatni Pokiston transport vazirining birinçi örinbosari Şer Ali Mehsud imzoladi.

Tadbirda Pokiston boş vaziri örinbosari – taşqi işlar vaziri Işaq Dar, Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk, Özbekiston elçisi Oybek Usmonov, Pokiston va Rossiya delegatsiyalari hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Bugungi kunga qadar mazkur hujjat Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya hukumatlari tomonidan imzolangan. Tez orada Afğoniston va Belarus tomonlarining ham uşbu memorandumga qöşilişi kutilmoqda.

"Özbekiston prezidentining mintaqaviy boğliqlik taşabbusi XXI asrdagi yirik strategik va muhim geoiqtisodiy loyiha bölib, Markaziy Osiyo, MDH, Şarqiy Yevropa va Janubiy Osiyo mamlakatlari iştirokida yagona makonni yaratişga xizmat qiladi. Bu taşabbus nafaqat savdo-iqtisodiy va transport-logistika munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqadi, balki inson kapitali erkin harakatlanişi, ilm-fan yutuqlari, innovatsion-texnologik yangiliklar transferida  ham keng imkoniyatlar yaratadi", - dedi Pokiston TIV rahbari.