Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik sub'yektlariga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi 150-sonli qaroriga asosan Toshkent shahri hududida 1 martdan 1 iyulga qadar onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik sub'yektlarini unda ishtirok etishga chaqirdi. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun qaror bilan belgilangan fiskal ma'lumotlar operatoriga, ya'ni «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markaziga yozma murojaat qilib, fiskal moduliga ega bo‘lishi talab etiladi. Tajriba loyihasini o‘tkazish davrida fiskal modul bepul beriladi.
So‘ngra fiskal modulni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali «Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish» interaktiv xizmati yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan fiskal modulni elektron hisoblash mashinalariga yoki boshqa qurilmalarga o‘rnatish va sozlash ishlarini bajargandan so‘ng tadbirkorlik sub'yekti tajriba loyihasi ishtirokchisiga aylanadi.
Bundan tashqari, «Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish» interaktiv xizmatida kun davomida kassa cheklari bo‘yicha tushumni ko‘rib borish imkoniyati yaratilgan.
Mavzuga oid
18:59 / 23.09.2021
Onlayn nazorat kassa mashinalariga oid tartib o‘zgarmoqda, tadbirkorlar ortiqcha to‘lovlardan qutulishi mumkin
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021