Davlat soliq qömitasi tomonidan VMning “Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi qarori loyihasi işlab çiqildi.
Hujjatni Savdo-sanoat palatasi Kun.uz’ga taqdim etdi.
Unda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi 943-son qaroriga:
- onlayn NKM yoki virtual kassaga texnik xizmat körsatuvçi korxonalar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining talablari böyiça faqat körsatilgan xizmatlar uçun tölov undirilişi lozimligi;
- virtual kassani davlat reyestriga kiritiş uçun Davlat soliq qömitasining maxsus hisob raqamiga pul mablaği ötkazilmasligi;
- onlayn NKM yoki virtual kassani davlat reyestriga kiritiş maqsadida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan ekspertiza xulosasi ariza kelib tuşgan kundan boşlab 15 iş kunidan keçiktirmasdan taqdim etilişi töğrisidagi me'yorlar belgilanmoqda.
Avvalroq Kun.uz onlayn nazorat kassa maşinalariga tadbirkorlar tomonidan qilinayotgan ortiqça tölovlarga e'tibor qaratib tahliliy maqola e'lon qilgandi. Amaldagi tartibga köra, tadbirkor onlayn NKMni sotib olgan kompaniyaga har oy “texnik xizmat körsatganlik” uçun (texnik xizmat körsatilgan yoki körsatilmaganidan qat'i nazar) tölov qilişi kerak.
Davlat soliq qömitasi Kun.uz’ning bu masaladagi söroviga javoban onlayn nazorat kassa maşinalari 15 turda bölib, ularning har biriga xizmat körsatuvçi markazlar mavjud. Ammo davlat ularning işiga aralaşa olmaydi, deya javob bergandi.

















