Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In bilan uchrashgani Xanoyga yetib keldi
Foto: AFP 2019 / Kham / Pool
AQSh prezidenti Donald Tramp Vetnam poytaxti Xanoyga yetib keldi. Tramp bu yerda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan ikkinchi sammitni o‘tkazadi.
AQSh-Shimoliy Koreya sammiti 27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Tramp JW Marriott mehmonxonasida to‘xtashi kutilmoqda.
Oq uyda ma'lum qilinishicha, Trampning rasmiy dasturi 27 fevralda boshlanadi. Uning ilk tadbiri mahalliy vaqt bilan soat 11ga belgilangan: AQSh prezidenti Vetnam prezidenti Nguyen Fu Chong bilan uchrashadi. Shundan keyin Vetnam delegatsiyasi bilan kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, savdo bo‘yicha hujjat imzolanishi kutilmoqda, biroq uning mazmuni hozircha ma'lum qilinmagan.
So‘ngra Tramp Vetnam bosh vaziri Nguyen Suan Fuk bilan uchrashadi. Shuningdek, ishchi lanch belgilangan.
AQSh prezidenti Kim Chen In bilan kechga yaqin uchrashadi. Muzokaralar o‘tadigan joy nomi hozircha oshkor qilinmayapti.
AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari birga-bir formatda uchrashuv o‘tkazishadi, so‘ngra kechki tanovul bo‘lib o‘tadi. Unda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo, Oq uy apparati rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveni ham ishtirok etadi. Kim Chen Inga esa Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol hamrohlik qiladi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025