Zidan qaysi klubda ishlashni istayotgani ma'lum bo‘ldi
«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Chelsi» boshqaruviga kelmoqchi emas. Bu haqda The Times xabar beradi.
Avvalroq «ko‘klar» rahbariyati qoniqarsiz natijalar sabab bosh murabbiy Mauritsio Sarrini iste'foga chiqarib, uning o‘rniga aynan Zidanni tayinlamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo, manbaga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis Premer-ligaga kelishni istamayapti. Zidan uchun APL klublari orasida faqatgina «Manchester Yunayted»gina istisno ekani, u bu ligadan faqat «qizil iblislar»ning taklifini ko‘rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda.
Nashrning aniqlik kiritishicha, 46 yoshli murabbiy hammasidan ham ko‘proq sobiq «Yuventus»da ishlashni xohlamoqda. So‘nggi vaqtlarda Massimiliano Allegrining Turin klubidagi missiyasi mavsum yakunida tugashi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
19:28 / 27.05.2021
Zidan yana «Real»dan ketdi. Fransuz charchagan, uning o‘rnida kimlarni ko‘rishmoqchi?
15:15 / 27.05.2021
«Real» Zidanning iste'fosini e'lon qildi
22:38 / 17.05.2021
Zidan yana «Real»dan ketadi. Uning o‘rniga kim keladi - Raul, Allegri yoki Lyov?
14:33 / 06.05.2021