O‘zbekiston | 14:42 / 27.02.2019
23718
2 daqiqa o‘qiladi

Huquq himoyachisi Marat Zohidov Isroilda vafot etdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 24 fevral kuni diplomatik vakolatxonaga ushbu mamlakatga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan, 1940 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Marat Zohidovning vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

TIV xabariga ko‘ra, elchixona konsullik bo‘limi tomonidan tashkiliy va yuridik masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilgan.

Isroil hukumatining ruxsati va qarindoshlarining roziligi bilan marhum M.Zohidovning jasadi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining navbatdagi reysida Toshkentga yuboriladi, deyiladi xabarda.

Matematik professor Marat Zohidov huquq himoyachisi sifatida 30 yil faoliyat yuritgan.

U O‘zbekiston Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti bosh kotibi, O‘zbekiston shaxs huquqini himoya qilish qo‘mitasi asoschisi edi.

Marat Zohidov O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining prezidenti bo‘lgan olim Tesha Zohidov oilasida tug‘ilgan. Moskva Davlat universitetini bitirib, Toshkent Davlat universitetida o‘qituvchilik qilgan.

Mavzuga oid