Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar YHXB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi
Foto: KUN.UZ
2019 yilning 26 fevral kuniga qadar shahar hududida haydovchilarning aynan orqaga harakatlanishlari vaqtida 9 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etildi va ularda 9 nafar fuqaro tan jarohatlari oldi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha turdagi avtomototransport vositalarining haydovchilariga hamda harakatning boshqa ishtirokchilariga murojaat qildi.
“Hurmatli haydovchilari va yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanish vaqtida doimo hushyor bo‘ling! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlaning. Haydovchilar, transport vositasini boshqarish jarayonida, ayniqsa orqaga harakatlanishda yon oynalardan samarali foydalaning, lozim bo‘lsa orqa oynadan ko‘rinish yetarli bo‘lmasa, erinmang, avtomashinadan tushib, bir karra orqa tomonni ko‘zdan kechiring. Bu xavfsizlikni ta'minlash, insonlar hayotini asrashda juda ham muhim omil ekanligini unutmang!” - deyiladi murojaatda.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026