Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘rindiqsiz avtobuslardan foydalanish taklif qilindi
Foto: KUN.UZ
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida o‘rindiqsiz avtobuslarni joriy qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda jamoat transportlarida aholi uchun ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda.
“Bu albatta quvonarli hol, ammo tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchilarning ish, o‘qish, bozor va boshqa manzillarga yetib olishida avtobuslar sig‘imi talabga javob bermaydi. Bu esa, o‘z navbatida, bir qancha noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Avtobus yo‘nalishlari va ularda qatnovchi avtobuslar sonini oshirish kabi choralar bilan birga qo‘shimcha tarzda ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda o‘rindiqsiz avtobuslardan foydalanish maqsadga muvofiq”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Bildirilishicha, o‘rindiqsiz avtobuslar o‘rindiqlilariga nisbatan ko‘proq yo‘lovchilarni tashish imkoniyatiga ega.
“Shu sababli, avtobuslarning texnik-konstruktiv xavfsizligiga alohida e'tibor qaratgan holda o‘rindiqsiz avtobuslarni ertalab soat 07:00 - 09:00 oralig‘i va kechki soat 17:00 - 20:00 ga qadar eng serqatnov yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkazishni taklif qilaman”, - deyiladi murojaatda.
Ta'kidlanishicha, sinov o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, shu turdagi avtobuslarni foydalanish orqali aholiga yana bir qulaylikni yaratish mumkin.
Mavzuga oid
09:29 / 03.04.2026
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
23:31 / 18.03.2026