Jahon | 23:00 / 28.02.2019
6613
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha sharqiy chegaralarini mustahkamlash uchun 43 mlrd yevro sarflaydi

Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak mamlakat qurolli kuchlarining 2026 yilgacha modernizatsiyalash rejasini imzoladi. Reja 185 mlrd zlotixga (43 mlrd yevro) yangi qurol sotib olishni ko‘zda tutadi. “Bu armiyani rivojlantirish borasida rekord qiymatdir”, deb ta'kidlab o‘tgan vazir. “Armiyani modernizatsiyalash – bu taraqqiyot. Biz 2034 yilgacha reja ustida ish olib bormoqdamiz. Moliyaviy xarajatlar o‘smoqda. Imkoniyatlar ko‘paymoqda. Xavfsizlik bizning ustuvor vazifamiz bo‘lgan va bo‘lib qoladi”, deb qo‘shimcha qilgan Blashchak. 
        
Reja sobiq ittifoqdan keyingi texnika o‘rniga keladigan harbiy samolyot, vertolyot va suv osti kemalari sotib olishni nazarda tutadi. Vazirning aytishicha, yangi qurol asosan mamlakat sharqida joylashtiriladi. Bu nafaqat Polshaning o‘zi uchun, balki NATOning butun sharqiy sarhadlari uchun strategik muhimdir.

Mavzuga oid