Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat yalpi majlisida qaysi masalalar ko‘rib chiqiladi?
28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XVIII-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Senat yalpi majlisi kun tartibida «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida»gi, «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma'muriy nazorat to‘g‘risida»gi, «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas'uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi va bir qator boshqa qonunlarni ko‘rib chiqish, masalalarni o‘rganish belgilangan.
Senat XVIII-yalpi majlisi kun tartibiga 23ta turli masala belgilangan bo‘lib, Adliya vazirining 2018 yilda huquqiy targ‘ibot va ma'rifatning holati haqidagi axboroti hamda Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti tinglanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ham eshitiladi.
Senatorlar ushbu yalpi majlis ishida hukumatga turli 3ta masalada parlament so‘rovini yuborishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026