Jamiyat | 14:28 / 28.02.2019
15455
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxsga pandusni tushirib bermagan avtobus haydovchilari jazolandi

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxsga pandus ochilmayotganini bahona qilgan avtobus haydovchilari jazolandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar bermoqda.

Foto: Toshshahartransxizmat

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 fevral kuni poytaxtning Shimoliy vokzal bekatida nogironligi bo‘lgan shaxs “12-avtobus saroyi”ga qarashli 62-yo‘nalishdagi hamda “1-avtobus saroyi”ga qarashli 13t-yo‘nalishida qatnovchi o‘rta sig‘imli “SAZ LE 60” rusumli avtobusga chiqmoqchi bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, haydovchilar esa pandus ochilmayotganini bahona qilib, yo‘lovchini olmagan. Bu esa norozilikni keltirib chiqargan. 

Bildirilishicha, mazkur holat “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan o‘rganildi. Mas'uliyatsiz haydovchilar 10 kunlik xo‘jalik ishlariga o‘tkazildi.

“Kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida haydovchilardan kafolat xatlari olindi. Ularga pandusni ishlatish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etildi”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid