Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela MBdan sakkiz tonna oltin olib chiqib ketilgan
Venesuela Markaziy banki zaxiralaridan hukumatga tegishli maxsus transportda taxminan sakkiz tonna oltin olib chiqib ketilgan. Bu haqda Reuters manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, oltin o‘tgan hafta omborlardan olib chiqib ketilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda oltin qayerda ekani noma'lum.
Shu bilan birga, amaliyotni o‘tkazish vaqtida Venesuela Markaziy banki rahbari Kaliksto Ortega chet elda bo‘lgan.
O‘z navbatida, prezident Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, Venesuela xalqi AQSh harbiy aralashuviga qarshidir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, venesuelaliklar respublika ichki ishlariga aralashuvni ham rad etadi.
U mamlakat fuqarolarining ko‘pchiligi Venesueladagi vaziyatga respublika fuqarolari o‘rtasidagi muloqot orqali yechim topilishini istashi haqida qo‘shimcha qildi.
Maduroning ta'kidlashicha, Venesuelada mamlakatdagi tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ommaviy namoyishlar o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya vakili AQSh Venesuelani talon-toroj qilgani, Guaydo esa qallob ekani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
23:50 / 19.05.2026