Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya sözlariga köra, AQŞ va Buyuk Britaniya Venesuelani 30 milliard dollarga talon-toroj qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Rossiya AQŞ va Buyuk Britaniyadan Venesuela hisob raqamlarini oçib berişni talab qilmoqda.

Şuningdek, u Vaşington va Londonni BMT Boş assambleyasi rezolyutsiyalarini buzişni töxtatişga çaqirdi.

Nebenzyaning ta'kidlaşiça, AQŞ va Britaniya Venesuela çegaralari hamda suverenitetini hurmat qilişi kerak.

Bundan taşqari, Vasiliy Nebenzyaning ma'lum qilişiça, Venesuelada AQŞning yagona maqsadi respublikadagi hokimiyatni özgartiriş bölib qolmoqda. 

Uning sözlariga köra, AQŞ Venesuelaga harbiy yöl bilan bostirib kiriş imkoniyatini istisno etmaydi.

Şuningdek, u Venesuelaning muammolarini hal qiliş AQŞ maqsadi emasligini ham qöşimça qildi.

Vasiliy Nebenzyaning bildirişiça, Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydo «köçadan kelgan qallob» sanaladi.

«Mustaqil Lotin Amerikasi mamlakatida birdaniga qallob paydo böldi, u özini köçada prezident sifatida e'lon qildi», - dedi Nebenzya.

Uning sözlariga köra Guaydo AQŞ tomonidan «bir neça daqiqadan söng» tan olingan.

Bundan taşqari, uning qöşimça qilişiça, röy bergan holat «qonun va konstitutsiyaviy huquq ustidan kuliş» hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Maduro Trampni ayblab çiqqandi.