Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xanoyda Tramp va Kim Chen In sammitining ikkinchi kuni boshlandi
Foto: REUTERS / Leah Millis
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘zaro sammitning ikkinchi kunini boshlashdi, ayni vaqtda ular birga-bir muzokaralar o‘tkazishmoqda.
Avvalroq Oq uyda keyin kengaytirilgan tarkibda uchrashuv bo‘lib o‘tishi, so‘ngra ikki yetakchi lanch o‘tkazishi ma'lum qilingan. Mahalliy vaqt bilan soat 14.05da Trampning jadvalida Kim Chen In bilan kelishuv imzolash marosimida ishtirok etish belgilangan. Singapurdagi kabi qo‘shma bayonot yoki deklaratsiya imzolanishi mumkin.
28 fevralda muzokaralarga umumiy hisobda 5 soatdan ko‘proq vaqt ajratiladi. Tramp Xanoydan ketishdan oldin matbuot-anjuman o‘tkazadi.
Tramp va Kim Chen In 27 fevralda umumiy hisobda 2,5 soat davom etgan muzokaralar o‘tkazishdi. Tramp uchrashuvda Shimoliy Koreyada ulkan va cheksiz iqtisodiyot salohiyat borligini va AQSh uni ro‘yobga chiqarishda yordam berishini aytgan. Kim Chen In o‘z navbatida ular birgalikda barcha odamlar kutayotgan ajoyib natijalarga erishishlariga ishonch bildirgan. Tramp uchrashuv natijalariga ko‘ra u “ajoyib” o‘tganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025