Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yuzlab yillarga yetadigan neft-gaz koni aniqlandi
Xitoyning milliy neft-gaz dengiz korporatsiyasi (CNOOC) Xitoyning shimoli-sharqidagi Boxay ko‘rfazidagi konda ulkan hajmdagi neft va gaz zaxiralari aniqlanganini e'lon qildi. Bu haqda China Daily nashri ma'lum qildi.
Konda aniqlangan tabiiy gaz zaxiralari 100 mlrd kubmetrdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu kon mintaqada oxirgi yarim asr ichida aniqlangan eng katta kondir. “Millionlab odamlar bu yerdan olinuvchi gazdan yuzlab yillar davomida foydalanishlari mumkin”, deb yozgan nashr.
Boxay ko‘rfazi Xitoydagi neftga boy eng yirik hudud hisoblanadi. Bu yerda har yili mamlakatdagi neftning 40 foizi olinadi. Ko‘rfaz Pekindan 100 kmdan sal ko‘proq masofada joylashgan.
Kon o‘zlashtirilgach, gaz quvuri yordamida bu havzani mahalliy bozor bilan bog‘lash imkoni paydo bo‘ladi. Bu esa mamlakatning shimoliy hududlarini qishki vaqt gaz bilan ta'minlash muammosini hal qilishda yordam beradi.
Xitoy topilgan neft zaxiralari bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinni egallaydi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026