Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadan 50 tonna oltin olib chiqib ketgan – OAV
AQSh armiyasi Suriyadan jangarilar tomonidan o‘g‘irlangan va yashirib qo‘yilgan 50 tonna oltinni olib chiqib ketdi, deb xabar berdi mahalliy manbalarga iqtibos keltirgan holda Suriyaning “SANA” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Daur-az-Zor viloyatidagi jangarilar qurshovdan chiqib ketish uchun amerikalik harbiylarga oltin taklif qilishgan.
Oltin jangarilar tomonidan Iroq va Suriya hududlarida qo‘lga kiritilgan va Suriyadagi terrorchilarning oxirgi tayanchlaridan biri va AQSh qo‘shinlari tomonidan o‘rab olingan Daur-az-Zordagi Bagxuz aholi punktida yashirib qo‘yilgan.
Jangarilar tomonidan amerikaliklarga berilgan jami oltin 40 tonnani tashkil qiladi. Qolgan 10 tonna oltin AQSh harbiylari tomonidan terrorchilarning boshqa yashirin joylaridan topilgan.
Ta'kidlanishicha, terrorchilardan olingan 1,7 mlrd dollarlik oltin tungi vaqt vertolyotlarda Suriya shimolida joylashgan harbiy bazaga olib chiqilgan. Bu yerdan oltinni AQShga harbiy samolyotlarda jo‘natish rejalashtirilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari va ularning kurd kuchlaridan iborat ittifoqchilari jangarilar yashirgan oltinni qo‘lga kiritish maqsadida Bagxuzga ataylab hujum qilishmagan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026