Dunyodagi eng og‘ir baliq ilk marta AQShda topildi
Bahaybat Xudvinker (Mola tecta) quyosh balig‘i Kaliforniya shtati qirg‘oqlarida topildi. Bu haqda Kaliforniyaning UC Santa Barbara universiteti axborot portali yozmoqda.
Noyob ikki metrli jonivor Santa-Barbara okrugi, Goleta shahri universiteti xodimlari tomonidan topildi. Qirg‘oqqa to‘lqinlar orqali chiqarib tashlangan o‘lik baliqni tadqiq etish uchun AQSh, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan bir necha mutaxassislar yordami talab qilindi. Tarixda birinchi marta Xudvinker quyosh balig‘ini noyob tur sifatida 2017 yilda okeanolog Marianna Naygaard aniqlagan.
Ekolog Jyessika Nilsen baliqni topgan. U topilmani suratga oldi va ularni Facebook’da joylashtirdi. Uning hamkasbi Tomas Tyorner fotosuratlarni ko‘rib, g‘aroyib baliqni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun sohilbo‘yiga yo‘l oldi.
Tyornerning ma'lum qilishicha, bu kabi baliqni avval hech qachon ko‘rmagan va uning nostandart ko‘rinishidan hayratga tushgan. «Uning dumi va tishlari yo‘q. Og‘iz uchun faqat katta dumaloq teshik bor», - deya ta'riflagan u. Keyinchalik suratlar Naygaardga yuborildi, u esa noyob baliq qanday nomlanishini aytdi.
Daily Mail ma'lumotlariga ko‘ra, ilgari baliq faqat Janubiy yarim sharda, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va Chili qirg‘oqlarida payqalgan. «U ekvatordan qanday o‘tib, sizlarning qirg‘oqlaringizga borib qoldi, yigitlar? Bu baliq ekvatordan nima sababdan kesib o‘tgani juda qiziq», - degan Naygaard.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024