Jahon | 22:20 / 01.03.2019
16486
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni to‘xtatishi mumkinligi aytildi

Foto: White House/Shealah Craighead

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va AQSh bilan munosabatlarga mas'ul Tsoy Son Xi Vetnamdagi sammitdan keyin Vashington bilan keyingi muloqot borasida to‘xtab o‘tdi. 

Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ikkinchi uchrashuv Kim Chen In uchun kutganidek bo‘lmagan va u keyingi muzokaralardan voz kechishi mumkin.   

Tsoy Son Xining Yonhap axborot agentligiga ma'lum qilishicha, Pxenyanning hafsalasini pir qilgan narsa yadroviysizlash bo‘yicha qadamlar evaziga AQSh sanksiyalarni qisman bo‘lsa ham bekor qilishni rad etgani bo‘ldi. 

Shimoliy Koreya vakilining eslatishicha, Pxenyan bir yildan beri ballistik raketalarni uchirish va yadro qurolini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha moratoriyga amal qilmoqda.

Tsoy Son Xining ta'kidlashicha, Kim Chen In muzokaralarda Yonbendagi yadro majmuasini buzish talabini bajarishni taklif qilgan, biroq Tramp kutilmaganda boshqa obektlarning ham demontaj qilinishini talab qilgan.

Mavzuga oid