Jahon | 08:52 / 03.03.2019
18815
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada qiyofasini o‘zgartirgan mafiya boshlig‘i qo‘lga olindi

Foto: REUTERS

Italiyaning Neapol shahri politsiyasi eng xavfli jinoyatchilardan biri, mafiya tashkiloti boshlig‘i Marko Di Lauroni qo‘lga oldi. bu haqda LA Repubblica nashri xabar berdi.

U 2 mart kuni o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida hibsga olingan. Neapol politsiya boshqarmasi boshlig‘i Antonio De Yyezuning aytishicha, Di Lauro qo‘lga olinayotganida qarshilik ko‘rsatmagan.

38 yoshli Di Lauro Neapoldagi kamorra jinoiy tuzilmasi boshlig‘i hisoblanadi. 2005 yilda Italiya ichki ishlar vazirligi Marko Di Lauroni qidiruvdagi ashaddiy jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritgan.

Qayd etilishicha, Di Lauro bir necha yil ilgari tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari ta'qibidan qochish uchun bir necha bor ayollar kiyimida yurgan.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid