Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Ummonda to‘xtab, Yusuf bin Alaviy bilan muzokaralar o‘tkazdi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 3 mart kuni amaliy tashrif bilan Qatarga yo‘l olgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Maskat shahrining xalqaro aeroportida qisqa muddatli tranzit to‘xtovini amalga oshirdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir u yerda Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon transport koridori bo‘yicha kelishuvlar ahamiyati ta'kidlandi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Qatarda bo‘lishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
09:33 / 04.11.2025