Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy taşrif bilan Katar davlatida böladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, taşrif 3-5-mart kunlari amalga oşiriladi.

“Kelişuvga muvofiq, Doha şahrida Özbekiston-Katar muzokaralari bölib ötadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalari, özaro aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari, şuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilinadi.

Avvalroq Abdulaziz Komilov Abu-Dabi şahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining (Turkiy kengaş) boş kotibi Boğdod Amreyev bilan uçraşgani xabar qilingandi.