Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi va bosh konsulligi birlashtirildi
AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi va bosh konsulligi 4 mart kunidan boshlab bir idora – AQSh elchixonasi sifatida ishlashni boshlaydi. Bu haqda AQSh davlat departamentida ma'lum qilingan.
Elchixona va bosh konsullikning birlashishi haqida 2018 yil oktyabrda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qilgandi.
Davlat departamentining bayonotiga ko‘ra, bu qaror “diplomatik munosabatlar va operatsiyalarning samaradorligi va unumdorligini oshirish uchun” qabul qilingan va AQShning Al-Quds, G‘arbiy qirg‘oq va G‘azo sektoriga nisbatan siyosati o‘zgarganini anglatmaydi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsning maqomi bo‘yicha “hech qanday pozitsiyani egallamasligini”, bu masala Isroil va Falastin o‘rtasidagi masala ekanligini aytgan.
Biroq Falastin tomonining fikricha, AQSh elchixonasi va bosh konsulligining birlashishi AQShning Falastin muxtoriyatidagi diplomatik vakolati darajasini pasaytirishi va Isroilning Al-Quds ustidan nazoratni olishga da'volarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Avval Al-Qudsdagi bosh konsullik falastinliklar uchun AQShning bosh diplomatik vakolatxonasi hisoblangan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026