Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolton Guaydo bo‘yicha qattiq javob bilan tahdid qildi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton muxolifatchi Xuan Guaydo Venesuelaga qaytishiga to‘sqinlik qilishga oid har qanday harakatlarga qattiq javob berilishi bilan ogohlantirdi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Boltonning qayd etishicha, Guaydo Venesuelaga qaytish niyati borligi to‘g‘risida ma'lum qildi.
«Uning xavfsiz qaytishiga qarshi qaratilgan har qanday tahdidlar yoki harakatlar Qo‘shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan qat'iy hamda jiddiy javob bilan kutib olinadi», - deya yozgan Bolton.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Venesuela BMTda Guaydo bo‘yicha bahslashib ketgandi.
Xususan, AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams, agar muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo Kolumbiyadan qaytgach ta'qib etilsa, Venesuela hukumatiga «global javob» bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
09:37
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026