Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari Rashid Rahmatov Namangan viloyatiga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
U prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi davomida faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan Ulug‘bek Toshev o‘rnida ish boshlaydi.
R.Raxmatov 1978 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yilning noyabrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ish boshlagan, 2018 yilning noyabrida O‘zbekiston Bosh prokurorining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026