Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TATU rektoriga xorijlik maslahatchi tayinlandi
Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani Igor Nikolayevich Sirelchuk TATU rektori maslahatchisi etib tayinlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, texnika fanlari nomzodi, dotsent Igor Nikolayevich Sirelchuk 2019 yilning 1 martidan TATU rektori maslahatchisi lavozimida ish boshladi.
Igor Sirelchuk 1985-1990 yilda Minsk radiotexnika oliygohini tamomlagan. 2017 yildan hozirgi kunga qadar Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Ma'lumot uchun: hozirgi kunda To‘lqin Zokirovich Teshaboyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi
18:52 / 13.08.2024
“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan otaxon
19:00 / 10.04.2023