Fan-texnika | 23:37 / 05.03.2019
60101
2 daqiqa o‘qiladi

Bugatti dunyodagi eng qimmatbaho avtomobilni taqdim qildi

Foto: bugatti.com

Fransiyaning Bugatti avtomobilsozlik kompaniyasi o‘zining 110 yillik yubileyiga dunyodagi eng qimmatbaho avtomobil – La Voiture Noire modelini 5 martda boshlangan Jyenevadagi avtosalonda taqdim qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

bugatti.com
bugatti.com

Giperkarning narxi 11 mln yevroni tashkil qiladi. U yagona nusxada ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘z xaridorini topib bo‘ldi. Avtomobil egasining ismi oshkor qilinmagan.

Yangi model kompaniya asoschisi Jan Bugattining o‘g‘li 1936 yilda ishlab chiqqan Bugatti Type 57 SC Atlantic kupesining zamonaviy nusxasi hisoblanadi.

bugatti.com

“Biz qadimiy an'analar, Fransiya va Jan Bugatti ijodiga hurmat bajo keltiramiz. Shu bilan birga biz noyob texnologiyalar, nafosat va aqlbovar qilmas hashamatni yangi davrga ko‘chirmoqdamiz”, deb aytgan Bugatti prezidenti Stefan Vinkelmann.

Mashina 8 litrli, 16 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Uning quvvati 1500 ot kuchini tashkil qilishi aytilgan, 100 km/soat tezlikka 2 soniyadan sal ko‘proq vaqtda erishadi.

bugatti.com
bugatti.com

Mavzuga oid